AQŞning Florida ştatida 9 yoşli qiz 147 kilogrammli qarindoşining "jazolaşi" natijasida hayotdan köz yumdi. Pensacola News Journal mahalliy naşri şu haqida xabar berdi.
64 yoşli Veronika Grin Pouzining körsatmalariga binoan, u 9 yoşli jiyani Derika Lindsi gapiga kirmagani uçun ustiga ötirib, uni "jazolamoqçi" bölgan. Pouzining qarindoşlari aytişiça, u avval bolani çizğiç va metall nayça bilan urgan, bola qoçişga uringanida esa, unga yetib olib, ustiga ötirgan. Ayolning politsiyaga ma'lum qilişiça, uning vazni - 325 funt (147 kilogrammdan ortiq).
Qölga olinganlardan birining sözlariga köra, Pouzi jiyanining ustida 10 daqiqaça, to qizça nafas ola olmayotganidan şikoyat qilgunça ötirgan. Ayol esa şundan yana ikki daqiqa keyin örnidan qözğalgan va bolaning yuragi urişdan töxtaganini körgan. Amerikalik ayolga qotillik va bola bilan şafqatsiz munosabatda böliş ayblovi qöyilgan.












