Şirin şaharçasida kundoşi va uning qizlarini piçoqlagan ayol jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinişiça, 29 yoşli N.X. 6 yildan buyon erkak bilan şarʼiy nikohda yaşab kelgan. U erining qonuniy nikohidagi turmuş örtoği farzandli bölgani, öziga esa farzand körişga ruxsat berilmagani ortidan doim janjallaşgan.

N.X. 2026-yil 29-aprel kuni öz uyidan oşxona piçoğini olib, erkakning xonadoniga borgan hamda uning qonuniy ayoli va farzandlariga hujum qilgan. Sudlanuvçi kundoşiga 9, uning 5 yoşli qiziga 2 hamda 3 yoşli qiziga 1 marotaba piçoq urgan. Oqibatda ayol va 5 yoşli qizi vafot etgan. Oğir tan jarohati olgan 3 yoşli qizaloq şifoxonaga yotqizilgan.

Image

JIB Şirin şahar sudi hukmi bilan N.X. qasddan odam öldiriş va qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş jinoyatlarini sodir etişda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasi qöllangan holda 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.

Kun.uz uşbu jinoyat haqida avvalroq xabar bergandi.

“U ayol bir neça bor kuyovimga borib xotiningni öldiraman deb aytgan ekan. Kuyovim qölingdan kelmaydi, degan. Mana, nima böldi, qizim va nevaramdan ayrildim. Qizimning 4 farzandi bor edi. 8 yoşli öğli va 20 kunlik çaqaloği qoldi”, degandi marhumaning otasi.

Şuningdek, Kun.uz uşbu mudhiş qotillik haqida reportaj tayyorlagandi. Unda marhumaning yaqinlari ayolning uzoq yillar davomida oilada ruhiy va jismoniy bosimga uçraganini bildirib, erkakka ham jazo talab qilişgandi.