IŞID guruhi terrorçilari 2001 yil 11 sentabrdagi kabi yirik teraktni amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda AQŞ milliy xavfsizlik vaziri v.b. Eleyn Dyuk bayonot berdi, deb yozmoqda Daily Mail.

U AQŞning Londondagi elçixonasida çiqiş qilar ekan, ayni vaqtda IŞID jangarilari oraliq davrni boşdan keçirmoqda, biroq ular keng qamrovli xurujni rejalaştirmoqda. Uning sözlariga köra, terrorçilar köplab odamlarning ölimiga sabab böladigan samolyotlar portlaşini uyuştirmoqçi. 

«Terrorçilik taşkilotlari, IŞID böladimi, boşqasimi, 11 sentabrga öxşaş katta portlaşni sodir etişni xohlayapti. Ular samolyotlarning qulaşini uyuştirişni rejalaştirmoqda, razvedkaning bunga işonçi komil», — degan Dyuk.

Uning qöşimça qilişiça, jangarilar moliyaviy manbalarini saqlab qoliş va özlarini eslatib turiş maqsadida sovuq qurollar va avtotransportlardan foydalangan holda «unça katta bölmagan» teraktlarni sodir etib turişadi. 

Şu bilan birga vazirlik rahbari şu kabi tahdidlarni bartaraf etiş usullarini ma'lum qilişni istamagan.