Özbekistonlik fermerlar faqatgina qişloq xöjaligi mahulotlari, jumladan, paxta yetiştiriş bilan çegaralanib qolmoqda. Bu haqda Senatning agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi örinbosari Bahodir Tojiyev Xalqaro-Press klubning 19 oktabrdagi anjumanida ta'kidladi.
«Özbekistonlik fermerlar faqatgina qişloq xöjaligi mahulotlari, jumladan, paxta yetiştiriş bilan çegaralanib qolmoqda. Qolgan qişloq xöjaliklari sektorlari esa e'tibordan çetda qolmoqda. Şuni unutmaslik kerakki, davlat fermerlarni barça yönalişlar – asalariçilik, baliqçilik, çorvaçilikda ham birdek qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, köp tarmoq fermer xöjaliklarini muvaffaqiyatli yölga qöşgan mehnatkaşlar davlat tomonidan munosib rağbatlantiriladi», deya qayd etdi Bahodir Tojiyev.
Spikerning ta'kidlaşiça, endilikda dehqonçilik madaniyatini oşirişda munosib hissa qöşgan va işlab çiqarişda yuksak natijalarga erişgan fermer, dehqon xöjaliklari rahbarlari va tomorqa yer egalariga taqdim etiladigan «Ilğor fermer», «Mehnatkaş dehqon» va «Namunali tomorqaçi» kökrak nişonlari ta'sis etiladi.
2018-2021 yillar mobaynida fermer xöjaliklari bosqiçma-bosqiç köp tarmoqli fermer xöjaliklariga aylantiriladi. 2022 yilning 1 yanvaridan boşlab köp tarmoqli faoliyatni yölga qöymagan fermer xöjaliklari bilan yer ijarasi şartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.












