Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2026-yil 1-oktabr holatiga mamlakatda jami 330 830 ta dehqon xöjaligi faoliyat yuritmoqda.

Hududlar kesimida Andijon viloyati 50 775 ta dehqon xöjaligi bilan yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarni Xorazm viloyati (44 658 ta) va Samarqand viloyati (33 343 ta) egallagan.

Dehqon xöjaliklarining hududlar böyiça taqsimoti:

  • Andijon viloyati - 50 775 ta;

  • Xorazm viloyati - 44 658 ta;

  • Samarqand viloyati - 33 343 ta;

  • Farğona viloyati - 31 748 ta;

  • Qaşqadaryo viloyati - 29 622 ta;

  • Namangan viloyati - 24 889 ta;

  • Surxondaryo viloyati - 24 092 ta;

  • Toşkent viloyati - 19 274 ta;

  • Buxoro viloyati - 18 531 ta;

  • Jizzax viloyati - 16 281 ta;

  • Sirdaryo viloyati - 13 910 ta;

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi - 12 885 ta;

  • Navoiy viloyati - 10 692 ta;

  • Toşkent şahri - 130 ta.

Maʼlumotlardan körinişiça, dehqon xöjaliklari soni böyiça hududlar örtasida sezilarli farq mavjud. Xususan, Andijon viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xöjaligi faoliyat yuritayotgan bölsa, poytaxtda ularning soni 130 tani taşkil etadi.