Temir yöl kesişmalarini piyoda yoki biron-bir turdagi mexanik transport vositalarida kesib ötayotganda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilişlik lozimligi, temir yöllarni belgilanmagan joylaridan kesib ötmaslik töğrisida ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravişda tarğibot va taşviqot işlari olib borilmoqda. Şunday bölsada, temir yöllarda oğir oqibatli turli baxtsiz hodisalarning guvohi bölmoqdamiz. 

Xorazm viloyati IIBning xabar berişiça, Hazorasp tumanida yaşagan, 1989 yilda tuğilgan Q.B. 2017 yilning 14 oktabr kuni tungi paytda, Hazorasp tumani hududidan ötgan temir yölni piyoda kesib ötişda e'tiborsizlikka yöl qöyişi natijasida, poyezd urib yubordi va olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etdi. 

«Hurmatli fuqarolar, bugungi kunda, aholining uzoğini yaqin qiliş hamda ular uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida turli yönalişlarda tezyurar poyezdlarning qatnovi yölga qöyilişi kutilayotganligi sababli temir yöllarimizda harakatlanayotgan poyezdlarning soni va tezligi sezilarli darajada ortadi. Şu bois temir yöl kesişmalarida va temir yöllarga yaqin joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilsak, sodir bölişi mumkin bölgan turli baxtsiz hodisalarning oldi olinadi», - deyiladi viloyat IIB xabarida.