Özbekiston Respublikasining Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi birinçi örinbosari Laziz Qudratov Vaşingtonda AQŞning xususiy xorijiy investitsiyalar Korporatsiyasi (OPIC) vitse-prezidenti Treysi Vebb bilan muzokaralar ötkazdi.
Laziz Qudratov Amerika tomoniga Özbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişidagi sönggi tendensiyalar haqida ma'lumot berdi. Xususan, Özbekistonning investitsiya muhitini yaxşilaş, bank-moliya tizimini isloh qiliş va valyuta tartibga solişning bozor mexanizmlarini joriy etiş borasidagi sa'y-harakatlari haqida ma'lumot berildi.
Özbekiston tomoni mamlakat hukumati Amerika kompaniyalariga maşinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boşqa tarmoqlarida keng nomenklaturadagi mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça loyihalarni amalga oşirişda yordam berişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, tomonlar taşkilotning Özbekistondagi faoliyatini faollaştiriş istiqbollarini, şu jumladan AQŞ kompaniyalari tomonidan amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalaştirişda iştirok etiş masalalarini muhokama qildilar.











