Ispaniya çempionatining 9-tur uçraşuvlari davom etmoqda.
"Barselona" öz maydonida musobaqa autsayderi "Malaga"ni qabul qilib, 2:0 hisobidagi işonçli ğalabaga erişdi. 2-daqiqada Deulofeu tezkor gol kiritgan bölsa, 56-daqiqada Inesta jamoa ğalabasiga öz hissasini qöşdi.
Şu tariqa, "Barselona" 9-turdan söng, 25 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.
Turning yana bir muhim öyinida "Valensiya" öz maydonida "Sevilya"ni qabul qilib, 4:0 hisobida yirik ğalabaga erişdi.
43-daqiqada Gonsalu Gedeş hisobni oçgan bölsa, 51-daqiqada Dzadza oradagi farqni 2taga yetkazdi. Öyin asosiy vaqti tugaşiga 5 daqiqa qolganda Santi Mina hisobni yirik körinişga olib keldi. Sönggi daqiqalarda Gonsalu Gedeş dubl qayd etib, jamoasining 4-golini kiritdi.
Barselona – Malaga 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Deulofeu, 2:0 – 56 Inesta.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Din, Umtiti, Rakitiç, Serdji Roberto, Buskets (Paulino, 76), Inesta, Deulofeu (Nelson Semedu, 72), Suares (Pako Alkaser, 83), Messi.
Malaga – Andres Priyeto, Bess, Xuankar, Rosales, Ernandes, Keko, Çori Kastro, Rolon (Çekkini, 68), Gonsales, Penyaranda (Baston, 72), Rolan (Anor, 46).
Ogohlantirişlar: Rosales (21), Ernandes (26), Gonsales (39), Umtiti (74), Çekkini (82).
Valensiya – Sevilya 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 43 Gonsalu Gedeş, 2:0 – 51 Dzadza, 3:0 – 85 Santi Mina, 4:0 – 90 Gonsalu Gedeş.
Valensiya – Neto, Gabriel, Gayya, Montoyya, Murilo, Soler (Toni Lato, 90), Parexo, Kondogbia, Gonsalu Gedeş, Dzadza (Santi Mina, 70), Rodrigo (Pereyra, 82).
Sevilya – Riko, Ker, Eskudero, Merkado, Langle (Korşya, 30), Banega, Pisarro (Kron-Deli, 76), Vaskes, Navas, Nolito (Sarabiya, 68), Muriel.
Ogohlantirişlar: Nolito (9), Langle (14), Pisarro (27), Korşya (37), Dzadza (60), Parexo (88).












