Hozirda yurtimizda 2017 yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi davom etmoqda. Mazkur jarayonga ayni damda fuqarolar yiğinlari tomonidan jalb qilingan uyuşmagan aholi, tumandagi xöjalik hisobidagi korxona, muassasa va taşkilotlar işçi-xizmatçilari, «Fidoyi yoşlar otryadi» a'zolaridan iborat minglab haşarçilar dehqonlarga beminnat yordam berib kelmoqda.
Qöqon şahrida faoliyat olib boruvçi «Admiral Group» MÇJ jamoasi ham dam oliş kunlarida mehnatkaşlarimizga hosil yiğişda kömaklaşiş uçun Danğara tumanidagi «Baraka-1» FX paxta dalasiga terimga çiqdi.

Korxona faollaridan birining sözlariga köra, paxta terimida kompaniyaning barça a'zolari va rahbarlari birdek faol iştirok etgan.

«Admiral Group» MÇJ xodimlari paxta dalalarida birinçi marotaba iştirok etişlariga qaramasdan bir kun davomida jami 1200 kg paxta terib barçani lol qoldirişdi. Dam oliş kunlarida birdam bölib, xirmonni yiğib olişga öz hissalarini qöşişgani uçun kompaniya xodimlaridan minnatdormiz», deydi "Baraka-1" FX rahbari.


Bunday tadbirlar orqali yurtimizda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar dehqonlarimizga yaqindan yordam beriş bilan bir qatorda öz xodimlari örtasidagi döstona muhit va hamjihatlikni yana mustahkamlaşga muvaffaq bölişadi.











