Prezident Şavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida Özbekiston böylab yangi loyihalarni işga tuşiriş marosimida teleköprik orqali hududlar rahbarlari bilan muloqot qildi. Davlat rahbari Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan muloqotda “siyosiy iroda bölmagani uçun özbek xalqi paxtaga qul bölgani”ni aytdi.
E.Turdimov: - Hurmatli prezident, siz olib borayotgan siyosatingiz bilan dunyoni özbek xalqini, yangi Özbekistonni tan olişga majbur qildingiz. Oxirgi 10 yil davomida asrga tatigulik zalvorli, mazmunli tarix yaratib berdingiz. Konvertatsiya masalasi qanday edi ilgari, buni töğrilab berdingiz. Kollej degan bir balo bölardi, hamma odam köçada edi, hurmatli prezident. Ilmga asoslangan 11 yillik taʼlim tizimini joy-joyiga qöyib berdingiz, hurmatli prezident. Eng asosiysi, qöşni davlatlar bilan döstona aloqalarni yaratib berdingiz.
Hurmatli prezident, köp aytasiz, paxtaga tobe edik. Paxta qulligidan ham xalos qildingiz. Maktab öquvçilari daladan çiqmas edi. Bu narsalar öz-özidan bölgani yöq...
Ş.Mirziyoyev: - Lekin hamma unutib yubordi u qullikni. Siyosiy iroda yöqligidan hammamiz paxtaga qul edik haqiqatda. 24 soat, 12 oy şudgor, çekanka, defoliatsiya, terim bilan şuğullanar edik, boşqa heç balo bilan şuğullanmasdik.
E.Turdimov: - Hurmatli prezident, yana bir narsa, mana, tadbirkorlik böyiça keng yöl oçib berdingiz. Umuman kutmagan, tarixiy qarorlarni qabul qildingiz. Ozarboyjon prezidenti janob Aliyev keça şuni bejiz aytayotgani yöq: “Şavkat Miromonoviç qilgan katta işlar va islohotlar bölmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oşirişning imkoni bölmas edi”, deb aytdi, hurmatli prezident. Buning hammasi sizning qatʼiyatingiz, uzoqni köra bilişligingiz natijasida sodir böldi, hurmatli prezident.
Mana, Sirdaryo viloyati ham bugun agrar viloyatdan sanoatlaşgan viloyatga aylanib böldi, hurmatli prezident. Hozir ham televizorga qarab turibmiz, köp obyektlar oçilyapti, şu obyektlar, hurmatli prezident, hammasi sizning islohotlaringiz natijasi. Sovet paytiga nazar taşlasak, şu obyektni oçiş uçun KPSSning qarori qabul qilinardi. Keyinam bu çala qolib, buyam qolib ketardi. Hozir-çi?

















