Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktabrdagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralaş va tasdiqlaş tartibi haqidagi Nizom tasdiqlandi.

Qayd etilişiça, qaror Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari faoliyatini yanada takomillaştiriş va rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2016 yil 29 dekabrdagi PF-4907-son Farmonini ijro etiş, şuningdek, mamlakat ilm-fani rivojini faollaştiriş, xalqaro darajadagi ilmiy natijalarga erişiş, fan va texnologiyalarning ustuvor yönalişlari böyiça yetakçi ilmiy maktablarni qöllab-quvvatlaş, ilmiy tadqiqotlarda vorisiylikni ta'minlaş, olimlar faoliyatini rağbatlantiriş va Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari institutini mustahkamlaş maqsadida qabul qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralaş va tasdiqlaş tartibi haqidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda zarur taşkiliy işlarni ötkazadi hamda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari)ni tanlov asosida saralaş va tasdiqlaş tartibi haqidagi Nizom talablariga qat'iy rioya qilgan holda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarning tanlov asosida saralanişi va tasdiqlanişini amalga oşiradi.

Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni tanlov asosida saralaşni ötkaziş muddatlari va sanasi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişgan holda, lekin köpi bilan ikki yilda bir marotaba belgilanadi.

Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yöldoşev zimmasiga hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta'lim, ilm-fan va yoşlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklandi.

Nizomga köra, fanlar akademiyasi haqiqiy a'zolari (akademiklari) qonunçilikka muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadilar.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga tanlov ötkaziş uçun örinlar birinçi navbatda respublika uçun yangi va istiqbolli, xalqaro darajada tan olingan ilmiy maktablari şakllantirilgan ilmiy yönalişlarga ajratiladi.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga tegişli fan sohalari ilmiy ixtisosliklari böyiça şakllantirilgan kvotalar miqdori Fanlar akademiyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelişilgan holda 1 noyabrgaça belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarga qöyiladigan talablar

Mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq nomzodi körsatilgan, respublikaning ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida ilmiy faoliyat bilan maşğul olimlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.

Bunda Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar körsatiş jarayonida va tanlovning barça bosqiçlarida ularning sönggi beş yil mobaynidagi ilmiy faoliyati samaradorligi va natijadorligiga alohida e'tibor qaratiladi.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzod quyidagi talablarga javob berişi lozim:

Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölişi va kamida sönggi beş yil davomida Özbekiston Respublikasida doimiy işlagan bölişi;

fan doktori ilmiy darajasi va professor ilmiy unvoniga ega bölişi;

ilm-fanning muayyan sohasida ilmiy jamoatçilik tomonidan tan olingan, fanni şaxsan özi yoki ilmiy va ilmiy-texnik muammolar böyiça jamoa bölib işlaşda faol iştirok etiş asosida erişgan şaxsiy yutuqlari hamda salmoqli ilmiy natijalari bilan boyitgan olim bölişi;

öz yönalişida yangi ilmiy maktab taşkilotçisi va rahbari yoki mavjud ilmiy maktabning rivojida bevosita iştirok etgan bölişi va bu uning fan nomzodlari yoki falsafa doktorlari hamda kamida ikki fan doktori (tibbiyot fanlari uçun - kamida uç fan doktori) tayyorlaşi bilan tasdiqlangan bölişi;

joriy etilgan işlanmalarga egaligi yoki u rahbarlik qilayotgan xodimlar jamoasi erişgan fan yutuqlari işlab çiqarişga joriy etilişida hamda amaliyotda foydalanilişida bevosita iştirok etgan bölişi;

fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlanmalarning ilmiy rahbari ekanligi yoki sönggi yillarda şu yönalişdagi ilmiy loyihalarga rahbarlikni amalga oşirgan bölişi;

xalqaro ilmiy hamkorlikdagi xalqaro ilmiy loyihalarda ilmiy rahbar bölişi yoki ularning bajarilişida iştirok etişi.

Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlarni dastlabki saralaş ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan tegişli ilmiy yoki ilmiy-texnik kengaşlar yiğilişlarida oçiq ovoz beriş yöli bilan amalga oşiriladi.

Vakolatga ega kvorum - tegişli kengaş röyxatga kirgan a'zolari tarkibining majlisda iştirok etayotgan kamida 75 foizi mavjud bölganda ovoz berişda iştirok etgan ilmiy yoki ilmiy-texnik kengaş a'zolari kamida uçdan ikki qismining ovozini töplagan talabgorlar Fanlar akademiyasi haqiqiy a'zoligi (akademikligi)ga nomzodlar hisoblanadilar.