Hukumatning 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qarori bilan bu boradagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, baxtsiz hodisa yuz berganda jabrlanuvçi yoki guvoh bu haqda darhol bölinma yoki sex rahbariga xabar berişi kerak.
Iş beruvçi jabrlanuvçiga şifokor kelguniga qadar birinçi yordam körsatişi va zarur bölsa, uni tibbiyot muassasasiga olib borişi lozim. Şuningdek, tegişli organlar va taşkilotlarni hamda jabrlanuvçining yaqinlarini xabardor qilişi şart.
Bölinma yoki sex rahbariga ham jabrlanuvçiga zudlik bilan birinçi yordam körsatiş va uni tibbiyot muassasasiga yetkazişni taşkil etiş vazifasi yuklatilgan.
Rahbar maxsus tekşiriş komissiyasi iş boşlaguniga qadar iş joyidagi vaziyat va jihozlar holatini hodisa yuz bergan paytdagidek saqlab qolişi zarur. U baxtsiz hodisa haqida iş beruvçi va kasaba uyuşmasiga yoki xodimlarning boşqa vakillik organiga darhol xabar berişi kerak.
Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekşiriladi:
- salomatlikka yetkazilgan zararning oğirlik darajasidan qatʼi nazar, bir vaqtda ikki va undan ortiq xodim bilan yuz bergan guruhli baxtsiz hodisalar;
- oqibati örtaça oğir yoki oğir bölgan baxtsiz hodisalar;
- ölim bilan tugagan baxtsiz hodisalar.
Nizomda tabiiy ölim, öz joniga qasd qiliş, jabrlanuvçining öz salomatligiga qasddan şikast yetkazişi, şuningdek, jinoyat sodir etayotgan paytda jarohatlanişi holatlari mazkur tartib doirasida tekşirilmasligi va hisobga olinmasligi belgilangan.












