Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 16 iyuldagi 388-son qarori bilan «Bond ombori faoliyatini taşkil etiş va amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, bond omborlarini taşkil etiş, ular faoliyatini yuritiş, tovarlarni omborga joylaştirişda bojxona nazorati va rasmiylaştiruvini amalga oşirişning yagona tartibi belgilandi.
Hujjatga köra, bond ombori faoliyatini amalga oşiriş uçun tadbirkorlar erkin ombor faoliyati böyiça litsenziyaga ega bölişi hamda Bond omborlari reyestriga kiritilişi lozim.
Bond omborlarida maxsus elektron savdo platformalari orqali jismoniy şaxslarga sotiladigan çet el tovarlarini saqlaş, tovarlarning but saqlanişini ta’minlaşga qaratilgan operatsiyalarni bajariş, şuningdek, oddiy yiğiş işlarini amalga oşirişga ruxsat beriladi.
Bond omborlari reyestriga kiritiş uçun bir qator talablar belgilangan. Jumladan, ariza beruvçi amaldagi litsenziyaga ega erkin omborga egalik qilişi, maxsus elektron savdo platformasi bilan hamkorlik yoki şeriklik şartnomasi tuzgan bölişi hamda umumiy maydoni kamida 15 ming kvadrat metr bölgan yaxlit erkin omborga ega bölişi talab etiladi.
Şuningdek, Bojxona qömitasi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni ular kelib tuşgan kundan boşlab 10 iş kuni içida körib çiqadi. Körib çiqiş yakunlariga köra, ariza beruvçiga bond omborlari reyestriga kiritiş yoki kiritişni rad etiş haqida rasmiy javob yuboriladi.
Yangi tartib elektron tijorat sohasida tovarlar logistikasini takomillaştiriş, bojxona jarayonlarini soddalaştiriş va bond omborlari faoliyatini yagona qoidalar asosida taşkil etişga xizmat qilişi kutilmoqda.

















