O‘zbekiston | 15:50 / 24.10.2017
13986
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya yog‘ochdan uylar qurish imkoniyatlarini muhokama qildi

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyurib, O‘zbekistonda yog‘ochli qurilish materiallaridan foydalangan holda uylar qurish bo‘yicha Rossiya tajribasini qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qildi.

O‘zbekiston vakillari yog‘och uy-joy majmualarining ishlab chiqarilishi hamda yog‘ochdan qurilgan uylar namoyish etiladigan maxsus mavzelar bilan tanishishdi, deya xabar beradi Rossiya O‘rmon xo‘jaligi kompleksi matbuot xizmati.

«Rossiya yog‘ochni ishlab chiqarish majmuasi mahsulotlarida xorijiy xaridorlarni o‘ziga tortadigan narsa – bu, avvalambor, sifatdir. Rossiya o‘zini jahon bozorida ishonchli savdo sherigi sifatida ko‘rsatib berdi», - deya hisoblaydi Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov. 

Uning ta'kidlashicha, O‘zbekiston bilan hamkorlik Rossiya o‘rmon xo‘jaligi sanoati rivojlanishiga yangi turtki beradi.

«O‘zagrotexsanoatxolding» boshqaruvi raisining o‘rinbosari Saidabbos Saidaminovning qayd etishicha, O‘zbekiston Rossiyadan yuqori darajada qayta ishlangan o‘rmon sanoati mahsulotlarini yetkazib berilishidan manfaatdor. Uning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya yog‘ochli uy qurish texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak.

«O‘rta Osiyodagi iqlim sharoitida yog‘ochli qurilish bo‘yicha zamonaviy ishlanmalar sifatli hamda arzon uy-joylarni barpo etish imkonini beradi», - deydi Saidaminov. 

Mavzuga oid