Özbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Umumiy örta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari öquvçilariga kasbiy ta'lim berişga ixtisoslaşgan öquv-işlab çiqariş majmualarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi №868-sonli qarori 24 oktabr kuni qabul qilindi.
Qaror umumiy örta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari öquvçilari ta'lim oliş bilan birgalikda ularga kasb-hunar örgatiş, öquvçilarning qiziqiş va qobiliyatlaridan kelib çiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirişlari yoki egallagan kasblari böyiça mehnat faoliyati bilan şuğullanişlariga şart şaroitlar yaratiş, öquv-işlab çiqariş majmualarini taşkil etiş va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.
Umumiy örta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari öquvçilari uçun kasbiy ta'limni taşkil etiş töğrisidagi nizom, öquv-işlab çiqariş majmualarini jihozlaş uçun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar röyxati, ular bilan ta'minlaş dasturi, çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik öquv xonasini jihozlaş uçun talab etiladigan asbob-uskunalar röyxati, öquv-işlab çiqariş majmualari faoliyatini taşkil etişni muvofiqlaştiruvçi kengaş tarkibi tasdiqlangan.
Öquv-işlab çiqariş majmualari faoliyatini taşkil etişni muvofiqlaştiruvçi kengaş 2018–2020 yillarda öquv-işlab çiqariş majmualarini zarur jihozlar bilan ta'minlaş dasturida nazarda tutilgan paramentlarniamalga oşiriş yuzasidan doimiy monitoring yuritilişini va zarurat bölganda majmualarni jihozlaşning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturiga özgartiriş va qöşimçalar kiritib borilişi ta'minlaydi.
Bitiruvçilarga umumiy örta ta'lim muasasasini tugatganlik töğrisidagi şahodatnoma bilan bilan birga majmuada örnatilgan kasblar böyiça diplom beriladi.












