Amerikaning Boeing aerokosmik korporatsiyasi Atlas V raketasini yiğiş işlariga kirişdi. U fazogirlar va yuklarni CST-100 Starliner bortida Xalqaro fazo stansiyasiga olib çiqişga möljallangan. 

Hozirda, fazogirlar va yuklarni XFSga Rossiyaning «Soyuz» raketalari yetkazib bermoqda. Bu esa NASA agentligini jiddiy taşvişga solmoqda. Taşkilot barça usullar vositasida bunday qaramlikka barham berişga urinmoqda. Şu boisdan ham Amerika fazo agentligi  «Commercial Crew» - «Tijorat ekipaji» dasturini işga tuşirdi. Unda SpaceX va Boeing kompaniyalari iştirok etmoqda. Ularning ikkisi ham fazoviy parvozlar hamda XFSga ulana oladigan raketalar ustida işlamoqda. 

Ammo Atlas V raketasi yiğilişi boşlangan bölsa, yölovçi moduli ança keçikmoqda. CST-100 Starliner qurilmasining ilk parvozi 2018 yil oxiriga belgilangan edi, biroq uning uçirilişi kamida bir neça oyga keçikadigan körinadi. SpaceX kompaniyasining Dragon 2 raketasi bilan ham vaziyat unçalik havas qilgudek emas.