Qirğiziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov Qozoğiston bilan çegaradan ötişning murakkablaşganini "savdoni yaşirinça çeklaş" deb atadi. Uning aytişiça, vazirlik çegaradagi muammoni hal qilişda yordam sörab Yevropa iqtisodiy komissiyasiga Qozoğiston ustidan arznoma bergan.
Novikov 27 oktabrdagi matbuot-anjumanda Qirğiziston-Qozoğiston çegarasi orqali tovarlar tösiqlarsiz ötişi masalasi qaçon hal bölişini bilmasligini aytdi.
"Biz bunday vaziyatga birinçi marta duç kelmoqdamiz. Bu yerda "savdoni yaşirinça çeklaş" atamasini qöllaş örinlidir", deb aytdi vazir.
Novikov Yevropa iqtisodiy komissiyasi Qirğiziston arznomasini körib çiqiş sanasini hali belgilamaganini qöşimça qilgan.
"Vaziyat tartibga solinişiga umid qilamiz. Agar muammo hal qilinmasa, unda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidan çiqiş masalasi siyosiy darajada qabul qilinadi", deb aytgan Novikov.
Vazirning aytişiça, yuk taşuvçilar çegaradagi vaziyat sababli katta ziyon körmoqdalar.
Ikki davlat çegarasidagi vaziyat Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev 7 oktabrda öqituvçilar oldidagi nutqida Qozoğiston hukumatini "Qirğiziston boyliklarini talaşda" ayblagandan keyin murakkablaşgan.
Şundan keyin qozoğistonlik çegaraçilar 10 oktabrda fuqarolarning çegara orqali ötişi rejimini kuçaytirişgan, buning oqibatida nazorat-ötkaziş punktlarida navbatlar va tirbandliklar yuzaga kela boşlagan.
Bunday vaziyat ikki davlat hukumatlari çegaradan odamlar va maşinalarni ötkazişni yengillaştiriş haqida kelişib olmagunlariga qadar 18 oktabrgaça saqlanib qolgan.
Hozir esa asosiy muammo qozoğistonlik çegaraçilar tomondan yuk maşinalari ötkazilişi tezligi pastligi bölmoqda.













