Nepal markazidan ötuvçi daryoga yölovçi avtobusining qulab tuşişi oqibatida kamida 19 kişi hayotdan köz yumgan, 16 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Doordarshan telekanali mahalliy politsiya mahkamasiga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Hodisa 28 oktabr kuni ertalab mamlakat janubi-şarqidagi Rajbiraj şahridan poytaxt Katmanduga kelayotgan avtobus halokatga uçraşi oqibatida sodir bölgan. 

Fojia joyida qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga köra, YTHga haydovçining xavfli burilişda boşqaruvni yöqotgani sabab bölgan. Guvohlar halokat röy bergan vaqtda avtobus içida 40 ga yaqin yölovçi bölganini aytişgan.