Nepalda vayronkor suv toşqinidan töqqiz kun ötib ikki işçi qutqarildi – ular «Trişuli 3A» gidroelektrostansiyasi tunnelida qamalib qolişgandi. Reuters agentligi Nepal armiyasiga tayanib xabar berişiça, ularni tunnelga kiriş joyidan taxminan 170 metr masofadan topişgan. Jabrlanuvçilar Katmandudagi harbiy hospitalga yetkazilgan. Qutqaruvçilar ularning yonida yana bir kişining jasadini ham aniqlaşgan.

Trişuli daryosi böyida suv toşqini oqibatlari, 2026-yil 3-sentabr
Athit Perawongmetha / Reuters / Scanpix / LETA
Toşqin qurbonlarini dafn etişga tayyorgarlik, 2026-yil 1-sentabr
Niranjan Shrestha / AP / Scanpix / LETA

26-avgust kuni Nepal va Xitoy çegarasidagi toğli hududda köçki röy bergandi, şundan keyin Trişuli daryosi vodiysi böylab loy, toş va suv aralaş kuçli sel oqib kelgan. Tabiiy ofat uylarni, yöllarni, köpriklarni va energetika infratuzilmasi obyektlarini vayron qilgan. Sönggi maʼlumotlarga köra, qurbonlar soni 1344 nafarga yetgan, 5 mingga yaqin kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Tabiiy ofat yetkazgan zarar 2,56 milliard dollarga baholanmoqda.

Köçki oqibatida halok bölganlarning jasadi yaqinida turgan harbiy xizmatçilar, 2026-yil 1-sentabr
Athit Perawongmetha / Reuters / Scanpix / LETA
Köpriklar vayron bölganidan keyin Trişuli daryosi orqali ötiş joyi, 2026-yil 2-sentabr
Francis Mascarenhas / Reuters / Scanpix / LETA

Ayniqsa, halokat paytida GES hududida bölgan odamlar oğir ahvolda qolgan: 900 ga yaqin işçi bedarak yöqolgan, rasmiylar ulardan 500 ga yaqini yer osti tunnellarida qolib ketganini taxmin qilmoqda.