Nepal hukumati kamida 1455 kişining hayotiga zomin bölgan halokatli muzlik köçişi va suv toşqini ortidan boşlangan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi yakunlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Nepal Favqulodda vaziyatlar böyiça milliy operativ markazi rahbari Fanindra Paudel agentlikka «qidiruv va qutqaruv bosqiçidan tiklaş bosqiçiga» ötilayotganini maʼlum qildi.
Operatsiya çoğida 13,8 mingga yaqin kişi qutqarilgan. Kamida 5285 kişi hamon bedarak yöqolganlar röyxatida qolmoqda. Rasmiyning sözlariga köra, ularning oilasi yoki qarindoşlariga suğurta, bank va boşqa huquqiy rasmiyatçiliklarni bajariş imkonini beriş maqsadida bedarak yöqolganlarni rasman vafot etgan deb eʼlon qiliş masalasi allaqaçon körib çiqilmoqda.
Tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş milliy boşqarmasi rahbari Dharam Raj Upreti esa zarurat tuğilganda favqulodda qutqaruv işlari ötkazilişini bildirdi.
26-avgust kuni Nepalning Tibet bilan çegaradoş hududida, Langtang-Lirung toğidagi muzlikning bir qismi köçişi oqibatida halokatli suv toşqini sodir böldi. Yuzaga kelgan sellar Nepalning oltita hududida va Xitoyning Tibet muxtor rayonida vayronagarçiliklarga olib keldi. Oqibatda 12 ta gidroelektr stansiyasi, yöllar, köpriklar, fermer xöjaliklari va aholi punktlari vayron böldi.
24-sentabr kuni Nepal boş vaziri Balendra Şah BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqida mamlakat ofat oqibatlarini bartaraf etiş uçun xalqaro yordam kölamini oşirişga öta muhtoj ekanini anglatdi. Hukumat maʼlumotlariga köra, tiklaniş xarajatlari 4,78 milliard dollarga baholanmoqda, bu esa mamlakat YAIM qariyb 12 foizini taşkil etadi. Faqat energetika obyektlari va elektr tarmoqlarini taʼmirlaşga 2,58 milliard dollar talab etiladi. Nepal hozirça bu mablağni qayerdan topişni bilmayapti.

















