Xabar qilinişiça, daryo qirğoğida yaşovçi 50ga yaqin kişi qutqarilgan, beş kişi bedarak yöqolgan.
Mutaxassislarning sözlariga köra, tabiiy töğon bir qança vaqt oldin Budxi-Gandaki daryosi oqib ötuvçi darada toş köçkisi yuz berişi natijasida hosil bölgan. Suv tölişi oqibatida yuzaga kelgan kuçli bosim ostida töğon buzilib ketgan va kuçli oqim pastga qarab yöl olgan.
Ikki soat içida daryodagi suv sathi 2 metrdan 8,5 metrgaça kötarilgan. Hukumat oqim yetib kelişidan 20-30 daqiqa oldin aholini ogohlantirişga ulgurgan va köplab kişilar tepaliklarga çiqib olgan.
Toşqin oqibatida GES quruvçilari quriliş aşyolari va texnikani olib ötişda foydalanadigan Beyli köprigi hamda bir neçta osma köprik vayron bölgan. Daryo sohili böylab joylaşgan elektr uzatiş liniyalari, uylarni suv yuvib ketgan.
Bir neça kun oldin Nepalda avgust oxirida sodir bölgan suv toşqini oqibatida halok bölganlarni qidiriş operatsiyasi yakunlangandi. Tabiiy ofat natijasida halok bölganlar soni 1455 nafar deb eʼlon qilingan, 5285 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.












