Xitoylik bola notaniş ayolga ota-onalar majlisida onasining rolini öynab turişi uçun 500 yuan (75 dollar) taklif qildi. Shanhaiist.com portali şu haqida xabar berdi.
Ayolning sözlariga köra, u foydalanuvçilari birga vaqt ötkazganlik, masalan, birga kino köriş uçun tölov kiritişga tayyor ilova orqali maktab öquvçisining e'lonini öqib qolgan.
U bilan yozişuv davomida bola uning otasi doim safarda ekani, öqituvçisi esa ota-onalar majlisiga heç kim kelmayotganidan ğazabda ekanini tuşuntirgan. Aynan şu bois unga ikki soatga maktabga kelib, "ona" rolini öynaydigan ayol kerak bölgan.
Ayol oxir-oqibat bu taklifni qabul qildimi yoki yöq - aniqlik kiritmagan.












