Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi delegatsiyasi Duşanbe şahrida ötkazilgan, nazorat ostida yetkazib beriş usulida tezkor-qidiruv işlarini olib borişning yagona tartibini belgilovçi hujjatni tayyorlaş böyiça MDHga a'zo davlatlar Içki işlar/politsiya vazirliklari ekspertlari yiğilişida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston IIVning Xalqaro hamkorlik boşqarmasi xabar bermoqda.
Yiğilişda Armaniston Respublikasi, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Özbekiston Respublikasi IIV/politsiyasi, MDHga a'zo davlatlar hududida uyuşgan jinoyatçilik va xavfli jinoyat turlari bilan kuraşni muvofiqlaştiriş böyiça Byuro ekspertlari iştirok etdilar.
Yiğiliş davomida mutaxassislar tezkor-qidiruv işlarini olib boriş, mavjud muammolarni bartaraf etiş, içki işlar organlari harakatlarini muvofiqlaştiriş va özaro manfaatdorlikning boşqa yönalişlari böyiça öz pozitsiyalarini bayon qildilar.












