AQŞning Las Vegas şahridagi mergan 11 daqiqa mobaynida konsertga töplanganlarni öqotar quroldan tartibsiz ravişda nişonga olgani haqida xabar qilingan edi. Mamlakat tarixidagi eng qonli jinoyatda tirik qolgan juftlik 2 haftadan söng Janubiy Kaliforniyaning Murrieta tumanidagi uyiga yaqin joyda avtohalokat tufayli hayot bilan vidolaşdi.
Ular 1 oktabr kungi voqeadan söng, bir soat ötar-ötmas Facebook sahifasida "We are safe", deya qisqagina post qoldirişgan edi. Öşanda Lorraine Carver özi va turmuş örtoği Dennis soğ qolganini aytib, yaqinlarini tinçlantirgan edi.
Ammo, ularning sanoqli kunlari qolganini öşanda heç kim xayoliga ham keltirmagan edi.
Gap şundaki, 2 haftadan biroz köproq vaqt ötar-ötmas, ular Janubiy Kaliforniyada röy bergan yöl-transport hodisasi qurboni bölişdi.
2010 yilda işlab çiqilgan Mercedes-Benz sedani Dennis Carver boşqaruvidagi maşinaga kelib urilganida, u yölda qayrilib, ötloq hududga töxtamoqçi bölayotgan edi, deydi Kaliforniya yöl patrul xizmati ofitseri. Maşina temir tösiqqa urilgaç, pişiq ğiştdan qurilgan tösiq ustuniga urilgan; buning natijasida yoqilği baki zararlangan. Maşina ikkinçi ğişt ustunga urilganidan söng, çetga otilib ketgan va alanga domida qolgan.
Rasmiy vakilning aytişiça, juftlik voqea joyida halok bölgan.
Ayni vaqtda hodisa yuzasidan suriştiruv işlari davom etmoqda. Ulardan 20 va 16 yoşli ikki qizi qolgani aytilmoqda.












