Norvegiya politsiyasi hozirda Veon deb ataluvçi VimpelCom şirkatining sobiq rahbariga nisbatan korrupsiya böyiça tergovni yopdi hamda u endi gumonlanuvçi emasligi haqida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
VimpelCom’ning Özbekistondagi amaliyotlari böyiça tergov doirasida, 2015 yilda özining aybsizligini da'vo qilgan Jo Lunder politsiya tomonidan biroz muddatga qölga olingandi, hamda öşandan beri unga nisbatan suriştiruv olib borilgan.
Hibsga olinganidan keyin, Lunder Fredriksen Group kompaniyasining ijroçi direktori lavozimidan böşadi. Uşbu kompaniya magnat Jon Fredriksenning kemasozlik, neft xizmatlari, baliqçilik va boşqa sohalardagi aktivlarini nazorat qiladi.
«Iş töxtatildi», - deyiladi politsiya bayonotida.
Lunderning aytişiça, tergov tufayli tuşkunlikka tuşib qolgan. «Şunçaki böşliq qoldi... Men 30 yil öz nomimni yaratiş ustida işladim, endi esa hammasi kuyib kulga aylandi», - dedi Lunder matbuot anjumanida.
VimpelCom sobiq direktori advokatining aytişiça, Lunder politsiyani yetkazilgan zarar uçun sudga bermoqçi. «Men boşqa bir gumonlanuvçi Lunder kabi juda katta iqtisodiy zararga duçor bölgan bironta ham moliyaviy jinoyatni tergov qiliş böyiça misolni keltira olmayman. Biz hozirça uning hajmini ham baholamadik, biroq u juda katta», - degan advokat Kato Şiyotts bölajak da'vo haqida.
AQŞ va Niderlandiya hukumati 2014 yilda Özbekiston telekommunikatsiya bozoridagi korrupsiya haqida ma'lumotni suriştiruvdan ötkazişni boşladi. RBK’ning yozişiça, ularning gumonlari MTS, VimpelSom va TeliaSonera «mahalliy amaldorga» pora berişiga aloqador bölgan. AQŞ Adliya vazirligi esa VimpelSom va Özbekiston tuzilmalari örtasida 2006 yilning yanvaridan 2011 yilning sentabriga qadar 133,5 mln. dollarlik yettita şubhali kelişuv haqida ma'lumotlarni topdi.
Lunder 2015 yilda korrupsiyaga aloqasi yöq ekanini ma'lum qilgan. «Men özim bilgan hamma narsani Norvegiya rasmiylariga aytib berdim», - deya ta'kidlab ötgan u.
Kelasi yilning fevralida esa VimpelCom’da pora beriş faktini tan olişdi hamda Hollandiya prokuraturasi va AQŞ hukumati bilan işni hal qiliş böyiça kelişuvga erişişdi, unga köra VimpelCom 795 mln. dollar miqdorida tovon pullarini tölab berdi.












