UYeFA Çempionlar Ligasida haftaning eng yaxşi futbolçisini aniqlaş uçun ötkazilgan sörovnoma yakunlarini e'lon qildi.

Unga köra, «Çelsi» (3:0) darvozasiga ikkita gol urgan «Roma» hujumçisi Stefan El-Şaaravi ğolib deb topildi.

Ikkinçi örinni «Liverpul» yarimhimoyaçisi Muhammad Saloh, uçinçi örinni TsSKA yarimhimoyaçisi Alan Dzagoyev egalladi.

Ğoliblikka da'vogarlar içida Dele Alli («Tottenhem»), Marlos («Şaxtyor»), Serxio Aguero («Mançester Siti»), Leven Kurzava (PSJ) va Kingsli Koman («Bavariya») ham bor edi.