Sankt-Peterburgdagi «Narodniy» universamida işlovçi Tojikiston va Özbekistondan kelgan önlab mehnat migrantlari zaharlaniş belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda Asia-Plus naşri Neva.today gazetasiga asosan xabar bermoqda.
Sankt-Peterburg tergov organlari va «Rospotrebnadzor» boşqarmasi Kosigin şohköçasida joylaşgan «Narodniy» universami xodimlarining salmonellez bilan ommaviy kasallanişi holatini tekşirmoqda. Jami 33 kişi zaharlangan, ulardan 32 nafari kasalxonada.
Ta'kidlanişiça, kasallanganlarning barçasi - Tojikiston va Özbekiston fuqarolari bölib, ular universamda işlaşgan. Kasalxonalarda uşbu şaxslarning deyarli barçasi Rossiya şimoliy poytaxtida yaşaş böyiça yolğon manzillarini taqdim qilişgan. «Kasallik yengil, örta va jiddiy şaklda keçmoqda. Ölimga olib keladigan holatlar qayd etilmadi», - deya ta'kidlab ötişgan «Rospotrebnadzor»dan.
Salmonellezning tarqalişi munosabati bilan «Narodniy»da sanitariya-epidemiologiya tekşiruvi va tergovdan avvalgi suriştiruv işlari olib borilmoqda. Tekşiriş tadbirlari kuçişlatar tuzilmalar xodimlari iştirokida ötmoqda, çunki savdo majmuasi ma'muriyati avvalgi yillarda tekşiruv ötkazişga faol ravişda tösqinlik qilib kelgan.












