Agentlik maʼlumotiga köra, bir oy davomida hamyurtlarga yaşaş, işlaş, tibbiy va huquqiy xizmatlar bilan boğliq xarajatlarni qoplaşda ham kömak berilgan.
Xususan:
409 ta holatda vaqtinça yaşaş va işlaş joyi xarajatlari qoplangan;
171 ta holatda advokatlik va boşqa taşkilotlar xizmatlari uçun tölov amalga oşirilgan;
19 ta holatda tibbiy xarajatlar qoplangan;
329 nafar fuqaroga ijtimoiy yordam, jumladan, işga joylaşişda kömak körsatilgan.
Rossiyada mehnat huquqlari va migratsiya masalalari böyiça yordamga ehtiyoj sezgan fuqarolar vakolatxonaning +7 (495) 803-40-00 raqamiga murojaat qilişi mumkin. Koll-markaz keça-yu kunduz işlaydi.

















