«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan bir guruh Özbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarilgan. Ular orasida tört farzandi bilan qiyin vaziyatda qolgan fuqaro ham bölgan.
Agentlik maʼlumotiga köra, mazkur fuqaro Rossiyada böliş qoidalarini buzgani sababli mahalliy huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan töxtatilgan.
Sud qaroriga muvofiq, uni Rossiyadan deportatsiya qiliş hamda jönatib yuborilguniga qadar çet el fuqarolarini vaqtinça saqlaş markaziga joylaştiriş belgilangan edi.
Boş konsulxona va Migratsiya agentligi körgan tezkor çoralar natijasida fuqarolarning Özbekistonga xavfsiz qaytişi taʼminlangan.












