Janubiy Koreyada Donald Trampga qarşi keng kölamli namoyişlar boşlandi. Yonhap xabariga köra, Seulda minglab kişilar köçalarga çiqişgan.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, Seulda 5 ming nafarga yaqin kişi yiğilgan. Namoyişçilar "Tinçlik kerak, uruş emas", "Harbiy harakatlarni töxtatib, muzokaralarni boşlang!" va "Biz tinçlik istaymiz!" yozuvlari tuşirilgan plakatlar kötarib olişgan.

Qator jamoatçilik taşkilotlari bu aksiya Trampning Janubiy Koreyaga taşrifiga qarşi qaratilmaganini ta'kidlaşmoqda. Vakillarning sözlariga köra, ular bu orqali Koreya yarimorolidagi vaziyatga jahon hamjamiyati e'tiborini qaratişni maqsad qilişgan.

© AFP 2017 / ED JONES

Tramp yakşanba kuni Osiyo böylab 13 kunlik turnesini boşladi. U şu kuni tongda Yaponiyaga keldi va mamlakat boş vaziri Sindzo Abe bilan uçraşib Saytamada u bilan golf öynadi, ularga maşhur yaponiyalik Xideki Matsuyama qöşildi. Duşanba kuni Tramp imperator qabulida böladi. Keyinroq yapon-amerika sammiti boşlanadi. Tramp va Abe ötmişda şimoliy koreyalik agentlar tomonidan öğirlangan yapon oilalari bilan ham uçraşadi.

Yaponiyadan keyin Tramp 6-7 noyabr kunlari Janubiy Koreyada böladi, u bu yerda prezident Mun Jye In bilan uçraşadi. Çorşanba kuni AQŞ prezidenti Xitoyga yöl oladi, 10 noyabr kuni — Vetnamga, u bu yerda OTIH (Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi) sammitida qatnaşadi. Amerika rahbarining turnesi 12-14 noyabr kunlarida Filippinga taşrif bilan yakunlanadi.