Qirğizistondagi Bişkek-Öş avtomobil yölining 457-kilometrida sodir bölgan yöl-transport hodisasi natijasida ön kişi, şu jumladan ikki yoş bola halok böldi. Bu haqda Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayangan holda «Interfaks» xabar bermoqda.

Yöl-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan soat 00:05da yuz bergan.

«Yölda Honda Stepwgn avtomobili hamda MAN gaz olib yuruvçi maşinasi töqnaşgan. Natijada sakkiz kişi halok böldi, ular orasida olti oylik çaqaloq ham bor, yana ikki inson Toş-Kömir şahri şifoxonasida hayotdan köz yumdi», - deya xabar qilgan mahkama vakili.

Halok bölganlar orasida yetti erkak, bir ayol va ikki yoş bola bor, ularning şaxsi aniqlanmoqda.