2017 yilning 9 oyi uçun 2016 yilning mos davriga nisbatan oziq–ovqat tovarlari narxlarining ösiş tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu haqda UzDaily Davlat statistika qömitasiga asosan xabar berdi.

Şu tariqa, yaqqol inflyatsion jarayonlar oziq–ovqat tovarlari dinamikasida özini namoyon qildi, bunda örtaça oylik ösiş sur'ati 0,8 foizni, 2017 yilning yanvar-sentabrida 7,6 foizni taşkil etdi.

Xizmatlar narxlarining ösişi ötgan yilning mos davriga nisbatan özgarmay qoldi. Xizmatlarga tariflar 2017 yilning sentabr oyida, örtaça oylik ösiş sur'ati 0,8 foizni taşkil qilgan holda, 2016 yilning dekabr oyiga nisbatan 7,0 foizga teng böldi.