27-oktabr kuni Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça jamoatçilik kengaşi yiğilişida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga boj solişni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasi muhokama qilindi.
Hozirda köplab turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlari importi vaqtinça bojdan ozod qilingan, bu imtiyoz muddati 2027-yil 1-yanvargaça belgilangan. Taklif etilgan qaror loyihasi bilan aksar mahsulotlar uçun bojsiz tartibni uzaytiriş nazarda tutilmoqda, biroq 9 turdagi mahsulot böyiça imtiyoz muddatini özgarişsiz qoldiriş taklif etilgan.
Loyihani taqdim etgan Taşqi savdo vazirligi masʼuli Sarvar Xöjayevga köra, amaldagi hujjatlar bilan 56 turdagi isteʼmol tovarlari importiga bojxona bojining nol stavkasi qöllanmoqda. Loyihada 45 turdagi mahsulot uçun imtiyozni töliq, ikkita tovar pozitsiyasi böyiça esa qisman saqlagan holda, nol stavkani qöllaş muddatini 2028-yil 1-yanvargaça uzaytiriş közda tutilgan.
Quyidagi töqqiz turdagi mahsulotga esa amaldagi imtiyoz muddati tugaganidan keyin uni davom ettiriş nazarda tutilmagan:
- quyultirilgan sut va qaymoq;
- yogurt;
- pişloq va tvorog;
- olma, nok va behi;
- şakarli qandolat mahsulotlari;
- şokolad;
- makaron;
- mineral va gazlangan suvlar;
- alkogolsiz içimliklar.
Şu tariqa, bu mahsulotlar importiga bojlarni 2027-yil 1-yanvardan tiklaş taklif etilyapti.

Rasmiylar: “Imtiyozni kesmayapmiz”
Sarvar Xöjayev takliflar respublikadagi işlab çiqariş quvvatlari, mahalliy korxonalarning işlab çiqariş hajmi va içki talabni qondiriş darajasi tahlili asosida tayyorlanganini bildirdi.
“Biz amaldagi imtiyozdan qaysidir tovar pozitsiyalarini çiqarib taşlamayapmiz, imtiyozni kesmayapmiz. Biz imtiyoz tugaganidan keyin qaysi mahsulotlarga qöşimça imtiyoz berişimiz mumkin, degan yondaşuvda taklif işlab çiqqanmiz”, - dedi Xöjayev.



















