Mamlakatning eksport salohiyatini kengaytiriş, yangi bozorlarni özlaştiriş va byudjyetga moliyaviy tuşumlarni oşiriş köpinça meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, şuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni (keyingi örinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb yuritiladi) mahalliy eksport qiluvçilar uçun qulay şart-şaroitlar yaratilganligiga boğliq böladi.
Zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etiş va qator tovarlarni eksport qiliş tartibini soddalaştiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilganligiga qaramasdan, meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti hajmini köpaytiriş va turlarini kengaytirişga tösqinlik qiluvçi kamçiliklar saqlanib qolmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, şuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan xöjalik yurituvçi sub'yektlarning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilişi tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş, jismoniy şaxslar tomonidan ularning işlab çiqarilişini rağbatlantiriş nazarda tutildi.
Xususan, bugungi kunda eksportga yönaltirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining 90 foizidan ortiği kiçik işlab çiqaruvçilar tomonidan yordamçi xöjaliklarda, şu jumladan tomorqa uçastkalarida yetiştirilmoqda. Mazkur işlab çiqaruvçilar çet el xaridorlari bilan şartnomalar tuziş va ruxsat beruvçi tartib-taomillardan ötişi lozimligi sababli mahsulotlarini mustaqil ravişda eksport qiliş imkoniyatiga ega emas. Şuni hisobga olgan holda, davlat rahbarining qarori bilan tadbirkorlik sub'yektlariga eksport kontrakti tuzmasdan ularning tölovi va yetkazib berilişi böyiça şartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oşiriş huquqi berildi, bu xalqaro amaliyotga muvofiqdir.
Qaror bilan bojxona organlari tomonidan eksport qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yöqotiş normativini hisobga oliş tartibi mavjud emasligi bilan boğliq boşqa muammoli masala öz yeçimini topdi. Hisobga olinmagan tabiiy yöqotiş asossiz debitor qarzdorlik yuzaga kelişiga, tegişliça, kelib tuşmagan valyuta mablağlarining 70 foiziga qadar miqdorda jarima qöllanilişiga olib kelgan. Bundan kelib çiqqan holda, qisqa muddatda eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş, taşiş va sotişda tabiiy yöqotiş normativlari, şuningdek, ularning faktura qiymatiga tuzatişlar kiritiş tartibini belgilaş topşirildi.
Keyinçalik eksport qiliş uçun fuqarolardan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib oliş bilan şuğullanadigan yuridik şaxslarning faoliyatini amalga oşiriş uçun qöşimça qulay şart-şaroitlar nazarda tutildi. Xususan, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça imtiyozlar kelgusida jismoniy şaxslar tomonidan mahsulotlarning yetiştirilganligini tasdiqlovçi hujjatni taqdim qilmasdan qöllanilişi belgilanmoqda. Agar eksport qiluvçida oldin amalga oşirilgan eksportga yetkazib beriş böyiça muddati ötgan debitor qarzdorlik mavjud bölsa, faqat muddati ötgan debitor qarzdorlikka yöl qöygan çet el xaridoriga tovarlarni çiqariş ruxsat etilmaydi.
Şu bilan bir qatorda, qaror bilan meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylaştiriş körik hujjati tuzilganidan keyin 3 soatdan köp bölmagan muddatda amalga oşiriladigan tartib joriy etildi.
Meva-sabzavot va tez buziladigan mahsulotlarning eksporti uçun zarur bölgan sertifikat beriş muddati eksport qiluvçi tomonidan hujjatlar taqdim qilingan vaqtdan boşlab bir iş kuniga qadar qisqartirildi.
Amaldagi import bojxona bojlari, aksiz soliği va yiğimlar stavkalari, şuningdek, xorijiy mamlakatlardagi sanitariya normalarini tanqidiy örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi meva-sabzavot mahsulotlarining savdosi va eksporti sohasidagi xalqaro şartnomalari inventarizatsiyadan ötkaziladi. Uning yakunlari böyiça yangi xalqaro şartnomalar tuziş va amaldagilarini qayta körib çiqiş böyiça takliflar tayyorlanadi.
Şuningdek, davlat rahbari tomonidan Özbekiston Respublikasida berilgan muvofiqlik sertifikatlarining mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari asosiy iste'mol qilinadigan davlatlarda tan olinişi, şuningdek, laboratoriyalar modernizatsiya qilinişini ta'minlaş çoralarini köriş topşirilgan. Mazkur topşiriqning amalga oşirilişi mahalliy yetkazib beruvçilar xorijiy bozorlarda ularning mahsulotlari meva-sabzavot mahsulotlarini potensial import qiluvçi köpgina mamlakatlar standartlari, sanitariya va fitosanitariya talablariga muvofiq kelmasligi bilan boğliq kamçiliklarni bartaraf etiş imkonini beradi.
Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş sohasida infratuzilmalarni yaratiş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga alohida e'tibor qaratildi.
Uşbu maqsadda haqiqiy ehtiyoj hamda xalqaro va xorijiy moliya institutlarining çet el investitsiyalari hisobiga meva-sabzavot mahsulotlarini taşiş yönalişlarini örganiş asosida meva-sabzavot mahsulotlarini işlaş, saqlaş va taşiş böyiça logistika markazlari taşkil etiladi.
Hozirgi vaqtda mahalliy işlab çiqaruvçilar yetiştirgan mahsulotlari, ularning navi va narxlari, şuningdek, çet el xaridorlari tomonidan ularni sotib oliş uçun buyurtmalari töğrisidagi foydalanilayotgan tarqoq axborot bazalari import va eksport qiluvçilar uçun yagona portalga birlaştiriladi.
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini rivojlantiriş böyiça qayd etilgan çora-tadbirlar bilan birga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan işçi guruh taşkil etildi va unga 2018 yil 1 fevralga qadar milliy bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda takomillaştiriş böyiça qöşimça takliflar tayyorlaş va hukumatga kiritiş vazifasi yuklatildi.
Mazkur qaror taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallaştiriş va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçi mahalliy işlab çiqaruvçilarning iş şaroitlarini yaxşilaş imkonini beradi.











