Texasning Sazerlend-Springs şaharçasidagi çerkovda ommaviy qotillik sodir etgan Devin Kelli öz joniga qasd qilgan. Bu haqda 6 noyabrdagi matbuot anjumanda Texas ştati jamoat xavfsizligi departamenti vakili Friman Martin ma'lum qildi. 

Martinning aytişiça, Kelli jinoyat joyi yaqinida öz avtomobilida ölik holda topilgan.

Politsiya vakillarining ma'lum qilişiça, qotil çerkovdagi otişma vaqtida 15 ta öqdonni böşatgan. Otişmadan keyin Kelli mahalliy fuqaro bilan otişmaga kirişgan va u tomondan yaralangan. OAV bu şaxs 55 yoşli Stiven Uilford ekanini ma'lum qilgan.     

CNN telekanalining ma'lum qilişiça, otişmada yaralangan 14 kişi, jumladan bir neça bola şifoxonada qolmoqda. Ulardan kamida 10 nafarining ahvoli juda oğir.

Ruger miltiği bilan qurollangan Kelli 5 noyabrda San-Antonio şahri yaqinidagi Sazerlend-Springs şaharçasida joylaşgan birinçi baptist çerkoviga bostirib kirib, u yerdagi odamlarni öqqa tuta boşlagan. Oqibatda 26 kişi halok bölgan, 20 ga yaqin kişi jarohat olgan. 

Keyinroq ma'lum bölişiça, Kelli 2014 yilda AQŞ qurolli kuçlaridan ustavga zid harakatlari uçun iste'foga çiqarilgan va 12 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan.