FIFA klublar örtasidagi jahon çempionatida işlaydigan hakamlar röyxatini e'lon qildi.

6 - 16 dekabr kunlari BAA mamlakatida ötkaziladigan musobaqada har bir konfederatsiyadan bittadan, jami 6ta hakamlar brigadasi iş olib boradi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi nomidan Ravşan Ermatov boşçiligidagi özbekistonlik hakamlar mehnat qiladi. 

Musobaqa boş hakamlari: UYeFA - Feliks Brix (Germaniya), Osiyo FK - Ravşan Ermatov (Özbekiston), AFK - Malan Dedyu (Senegal), KONKAKAF - Sezar Arturo Ramos Ralasuelos (Meksika), KONMeBOL - Sandro Riççi (Braziliya), Okeaniya FK - Mettyu Konger (Yangi Zelandiya).

Yana 8 nafar hakam videoassistent tizimida iş olib boradi: Abduraxmon Al-Josim (Qatar), Mark Geyger (AQŞ), Andres Kunya (Urugvay), Vilton Sampayo (Braziliya), Mauro Vigliano (Argentina), Artur Diaş (Portugaliya), Kleman Turpen (Fransiya) va Feliks Tsvayyer (Germaniya).

Çempionatda «Real» (Ispaniya), «Paçuka» (Meksika), «Oklend Siti» (Yangi Zelandiya), «Al-Jazira» (BAA) va «Vidad» (Marokaş) klublari iştirok etadi. Noyabr oyi oxirida Janubiy Amerika va Osiyo qit'asidan iştirok etuvçi klublar nomi ma'lum böladi.