FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantinoga qarşi çiqayotganlar kelasi yili taşkilot rahbarligi uçun bölib ötadigan saylovda Londonning “Arsenal” klubi sobiq boş murabbiyi Arsen Vengerni unga raqib sifatida körişmoqda, deb yozadi The Times.

Qayd etilişiça, ular 76 yoşli Vengerni FIFA prezidentligiga saylovda öz nomzodini qöyişga köndirişga umid qilişmoqda. 

Venger “Arsenal” tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy hisoblanadi. Jamoa uning qöl ostida uç marta mamlakat çempioni bölgan va yetti marta Angliya Kubogini qölga kiritgan. U 2019-yildan buyon FIFAning futbolni global rivojlantiriş bölimi boşliği lavozimida işlab kelmoqda.

FIFA prezidentligiga saylov 2027-yilning martida bölib ötadi. Infantino FIFAni 2016-yildan beri boşqarmoqda va navbatdagi muddatga saylanişni rejalaştirgan. Şuningdek, “Tottenxem” va Şveysariya milliy jamoasi sobiq himoyaçisi Ramon Vega ham taşkilot rahbarligiga saylovda öz nomzodini qöyiş istagini bildirgan.