Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 2 noyabr kuni «Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga özgartişlar kiritiş va ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş tartib-taomillarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qaroriga muvofiq:

1.  Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq özgartişlar kiritildi.

2.  Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ba'zi qarorlariga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida»gi 2010 yil 5 noyabrdagi PQ-1430-son qaroriga ilovaning 2-bandi «v», «g», «d» va «ye» kiçik bandlari öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.

3.  Vazirlik va idoralar özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu Farmonga muvofiqlaştiradi.

4.  Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining boş vaziri A.Aripov va Özbekiston Respublikasining boş prokurori I.Abdullayev zimmasiga yuklandi.

Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan özgartişlar 

1. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartişlar kiritiş töğrisida»gi 2012 yil 21 fevraldagi PF-4424-son Farmoniga ilovaning 3-bandi ön ikkinçi — ön oltinçi, ön töqqizinçi — qirq birinçi va qirq uçinçi xatboşilari çiqarib taşlandi;

2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2006 yil 31 avgustdagi PQ-458-son qarorida:

a) 6-bandning birinçi xatboşisidagi «oçiq auksion savdolari» sözlari «elektron onlayn-auksionlar» sözlari bilan almaştirildi;
b) 7-ilovada (Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş jarayonida avtomototransport vositalari va köçmas mulkni sotiş tartibi töğrisidagi nizom):
2 va 3-bandlar kuyidagi tahrirda bayon etiladi:

«2. Ijro hujjatlari böyiça avtomototransport vositalarini, köçmas mulkni şu jumladan, yer uçastkasini (jismoniy va yuridik şaxslarning mulk huquqi obekti hisoblanadigan), qurilişi tugallanmagan obektni sotiş faqat «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasida mol-mulkni realizatsiya qiliş böyiça elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş va ötkazişga vakolatli operator (keyingi örinlarda — operator) tomonidan ötkaziladigan elektron onlayn-auksionlar şaklida ötkaziladi.

Operator tomonidan avtomototransport vositalari va köçmas mulkni sotiş böyiça ötkaziladigan elektron onlayn-auksionlarda xar qanday yuridik yoki jismoniy şaxs iştirok egişga haqli.

Elektron onlayn-auksionga Toşkent şahri yoki Toşkent viloyati hududida joylaşgan turar joy köçmas mulki qöyilgan taqdirda, unda tegişli ravişda faqat Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida doimiy propiskada turuvçi jismoniy şaxslar bevosita yoxud vakil orqali iştirok etişlari mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

3. Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş böyiça elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş va ötkaziş operator tomonidan amalga oşiriladi.

Elektron onlayn-auksionni taşkil etiş böyiça xizmatlar uçun operator şartnomada belgilangan, biroq mol-mulk sotilgan summaning bir foizidan oşmagan miqdorda haq oladi»;

4-band öz kuçini yöqotgan deb hisoblandi;

III bölim nomidagi «auksionda sotiş uçun yuboriş» sözlari «elektron onlayn-auksionda sotiş uçun yuboriş, elektron onlayn-auksionni taşkil etiş na ötkaziş» sözlari bilan almaştirildi;

10-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«10. Avtomototransport vositasi va köçmas mulkni elektron onlayn-auksionda realizatsiya qiliş uçun yuboriş, elektron onlayn-auksionni taşkil etiş va ötkaziş Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş böyiça elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş va ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomda körsatilgan tartib va şartlarda amalga oşiriladi»;

11 — 14-bandlar öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi;
IV — VI-bölimlar öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi;

39-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boşqarmalari operator tomonidan ijro hujjatlari böyiça elektron onlayn-auksionlarni taşkil etilişi va ötkazilişi ustidan doimiy nazorat olib boradi»;

Nizomga ilova öz kuçini yöqotgan deb hisoblanadi.

3. Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etiş, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlaş departamenti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2012 yil 29 dekabrdagi PQ-1900-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi 5-kiçik bandining töqqizinçi — yigirma oltinçi xatboşilari çiqarib taşlandi.