Bu prezident farmonida belgilandi.

Hujjatga muvofiq, boşqaruv, ijtimoiy-madaniy yoki tijoratçilikdan iborat bölmagan boşqa vazifalarni amalga oşiradigan davlat muassasalari bundan mustasno böladi. Qolgan tijorat faoliyati bilan şuğullanuvçi davlat muassasalari 2026-yil 1-dekabrga qadar xöjalik jamiyatlariga aylantirilişi kerak.

Bundan taşqari, raqobat muhiti şakllangan sohalarda Davlat byudjetidan moliyalaştiriş manbasiga ega bölmagan davlat muassasalarini taşkil etiş taqiqlanadi. Mudofaa va xavfsizlik bilan boğliq muassasalar hamda Prezident qarorlarida alohida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Davlat iştirokidagi korxonalar tizimida muassasa şaklida faoliyat yuritayotgan nosohaviy taşkilotlar ham korxonalar tarkibidan çiqariladi. Ular xöjalik jamiyatlariga aylantirilib, ommaviy savdolarga qöyiladi.

Farmon bilan xususiylaştiriş jarayonlariga oid yana bir tartib belgilangan. Agar xususiylaştiriş subyektiga tegişli yer uçastkasining bir qismi yöl yoki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining muhofaza zonasiga tuşsa, yerning muhofaza zonasidan taşqarida joylaşgan qismini xususiylaştirişga ruxsat beriladi.

Şuningdek, davlat uluşi mavjud tijorat banklari tumanlarda tadbirkorlarga sunʼiy intellektdan foydalangan holda «loyihalar fabrikasi» tamoyili asosida yangi loyihalar taklif qiladi. Bunda loyihalarni, birinçi navbatda, savdoga qöyilgan davlat mulki obyektlari va yer uçastkalari negizida amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Yana bir özgariş 2026-yil 1-oktabrdan kuçga kiradi. Şu sanadan ustav kapitalida davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan yuridik şaxslar, şuningdek, ularning uluşi 50 foizdan ortiq bölgan yuridik şaxslarga tegişli qimmatli qoğozlarga bölgan huquqlarni hisobga oliş Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oşiriladi.