Saudiya Arabistoni hukumati qirollik xonadoni a'zolaridan biri politsiya tomonidan otib öldirilgani haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Hukumat vakilining sözlariga köra, OAVda aytilganidek, saudiyalik şahzodalardan biri qölga oliş vaqtida qarşilik körsatgani uçun otib öldirilmagan, u ayni vaqtda «tirik va soğ».
Bundan avvalroq mahalliy naşrlar 44 yoşli şahzoda Abdulaziz ibn Fahd politsiyaçilarga qarşilik körsatganida öq tegişi oqibatida halok bölganini yozgandi.
Şuningdek, bu şahzoda Livanning sobiq boş vaziri Saad Haririyga tegişli bölgan Saudi Oger Ltd kompaniyasi işiga «aralaşgani» qöşimça qilingan.
Bundan avvalroq saudiyalik şahzodalardan biri Mansur ibn Mukrin vertolyot halokati oqibatida halok bölgandi.
5 noyabr kuni Saudiya Arabistonida 4 vazir va 11 şahzoda korrupsiyada ayblanib qölga olindi.
Qatar naşri Saudiya Arabistonidagi bu işlarni «Taxtlar öyini» seriali voqealari bilan taqqosladi.













