Saudi Press Agency axborot agentligining ma'lum qilişiça, Saudiya Arabistoni içki işlar vazirligi Yamandagi husiy jangarilarning 40 yetakçisi haqidagi axborot uçun 400 mln dollar berişini e'lon qilgan. Mukofot puli husiylar yetakçilarining hibsga olinişi yoki ularning joylaşgan örni haqida axborot berganlarga tölanadi.
Bu çora husiylar tomondan Saudiya Arabistoniga qilinayotgan hujumlarga reaksiya bölgan. Jumladan, 4 noyabrda Yaman hududidan Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketa uçirilgan. Saudiya Arabistoni kuçlari raketani urib tuşirişgan. Hujum uçun javobgarlikni husiylar öz zimmalariga olganlar.











