Yaqinda Özbekiston Yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi huzuridagi "Yoş reportyorlar" klubi a'zolari öz bloglarini oçişdi. Ana şu blogerlar orasida Sevara Koptileuova şifokorning bir kuni mavzusi haqida yozdi, deb xabar bermoqda Kruz.uz. Quyida ana şu blogpostni öqişingiz mumkin.
Şifokor nafaqat davolaydi, balki dardini eşituvçi, yaxşi tinglovçi ham ekan.
Bir kunda kasalxonaga minglab insonlar da'vosi bilan dardiga ham darmon sörab kelişadi. Bir kun davomida özimni hamşiralar bilan birga yurib ularning "Bir kunini" örgandim. Men bu yerga kelgan bemorlarning aytgan har bir şikoyatlarini eşitib ötirar ekanman hayratda qoldim, hatto bir oğiz söz deyişga ham tilim bormadi.
1. Bir erkak qabulga kelib:
Qöşni ayol bor, eri va ikkita qizi bor, keça soat 18:30larda ayol bir masala bilan kelganini aytdi, ayolim yöqligini aytib, taşqarida gaplaşişni aytdim va taşqariga çiqqaç ayol meni kökrak qismimga urib, kiyimlarimni yirtib taşlab, tuhmat qildi. Urayotgan vaqtida 10 taça qöşni arang ajratdi va tergovçi keldi hamda tunda bezovta qilmasligini va menga ertalab şifokorga körinib material töplaşni aytdi. Şikoyatim yuragim tez-tez urib ketyapti.
Aytib ötiş joizki, u ayol bir kişiga emas, köpçilikka tuhmat qilib tinçligini buzgan va hamma, jumladan qöşnilari, hamkasblari bu ayolni qandayligini yaxşi bilişini hamda hamma undan bezor, hatto tergovçi ham tunda u ayolning uyiga kirişga qörqqani uçun işni ertaga qoldirganini ta'kidlab ötdi. Ayolning eri piyonista, eri jabrlanuvçi kişi bilan birgalikda "Obodonlaştiriş"da işlaşini, guvohlari köpligini aytib oxiri sabri tugagani uçun işni yuqorigaça olib bormoqçiligini ta'kidladi.
2. Uy-joy talaşgan aka-uka.
Natijada bir-biriga jarohat yetkazişgan.
3. Onasini uydan haydagan.
Onasi uyni bolasi nomiga rasmiylaştiradi va uyga ega çiqqan öğlining xotini har xil gaplar bilan onasini uydan haydatib yuboradi. Onasi akasining uyida yaşaydi va bunga opasi çidamasdan ukasini işlarini aytsa, ukasi unga qöl kötaradi (bunga ham ayoli sababçi).
4. Qöli singan ayol qabulga keladi va gips qöydiradi.
Keyin u tabibga boradi, tabib gipsni olib taşlab: buni qaysi ahmoq doktor qöydi? - deb öz bilgani böyiça davolaydi. Natijada qöli işlamay, "nogiron" holiga kelib hamma aybni şifokor böyniga qöyadi.
5. Suğurta pul uçun yugurib yurgan odamlar.
Şifokor: Bizga köpçilik bemorlar keladi, hatto bemor deyiş ham noörin, oddiygina yuzi tirnalgan şunga vahima qilib tez yordam bilan keladi. «Kasalxonada yotmasam bölmaydi, men suğurta pul olişga haqliman», - deb gap tortişar ekan. Soğlom bölişiga qaramasdan kasalman deb gapiga yolğon qöşib suğurta pul olişini aytadi.
6. Kiçkina, boğça yoşidagi qiz kattalar yölidan ötaman, deb yiqilib jarohat olgan va uni tikişga töğri keldi.
7. «Uksus» içgan bolali yoş kelinçak
Qaynonasi bilan kelişa olmagan yoş ona «uksus» içadi, 2 kun avval tez yordam 1 yoşli farzandini qattiq isitmaga tuşgani sababli borgan bölsa, bu gal onasi uçun.
8. «Daraxtdan yiqilgan 21 yoşli yigit»
Qandaydir voqea yuz bergan-u daraxtdan yiqildim, deb şifokor körigiga keldi, özi yurişga imkoni yöq, aravada olib kelişdi.
9. «Boşdan zarba yegan onaxon»
Boşidan qattiq zarba yegan va qon töxtamasdan oqib, pastga qarab ötadi. Natijada, ikkala közi atrofi juda qizimtil rangga aylanadi.
10. «Maktab eşigida»
Eşikdan çiqişim bilan qölim qisilib qoldi. Şikoyat: Sal kökargan va şişgan.
11. «Bozordagi hodisa»
«Özi yöl tor, undan odamlar ötsinmi yoki maşinalar? Buni hal qiliş uçun «Bozorkom» bilan gaplaşiş kerak!», - deydi bölgan voqeada qatnaşganlardan biri.
Katta yoşdagi ayolning oyoğini payqamagan haydovçi turtib yuboradi va kasalxonaga olib keladi, oyoğining faqat pastki qismi kökarib, şişgan.
Kun davomida har turli şikoyat bilan bemorlar kelişar ekan, ularga şifo tilaşdan boşqa sözimiz yöq.












