Apple’ning bozor narxi 900 mlrd dollarlik qiymatdan oşdi. 

8 noyabrda NASDAQ fond birjasining yopilişi oldidan kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 176,24 dollar turgan. Şu tariqa, Apple’ning bozor narxi 904,9 mlrd dollargaça yetgan. 

Kompaniyaning bozor narxi 2 noyabrdagi savdolar vaqtida ham 900 mlrd dollarga yetgandi, biroq savdolar yopilişi oldidan uning narxi bu qiymatdan pastlagan.

CNBC’ning ta'kidlaşiça, Apple körsatkiçlarining ösişi köp jihatdan yangi iPhone X smartfonining savdosi muvaffaqiyatli keçayotgani bilan boğlangan.  

Bundan taşqari, kompaniya 2 noyabrda tahlilçilar kutayotgan natijalardan yaxşiroq bölgan çoraklik hisobotni çop etgan. Jumladan, 2017 moliya yilining 4-çoragiga köra kompaniya tuşumi 12 foizga, ya'ni 52,6 mlrd dollargaça oşgan. Öz navbatida, sof daromad 19 foizga oşib, 10,7 mlrd dollarga yetgan.