Inha universiteti “Joongang Daily” naşri tomonidan çop etilgan Janubiy Koreya oliy öquv yurtlari reytingida 10-örindan 8-öringa kötarildi. Reytingdan 189 universitet örin olgan.
“Joongang Daily” naşrining universitetlar reytingi Janubiy Koreyalik oliy öquv yurtlari uçun boşqa xalqaro reytinglardan muhimroq. Şu bois ular mazkur reytingdagi natijalarini muntazam ravişda yaxşilab borişga harakat qilişadi.
Reyting universitetlar faoliyatini tadqiqot, ta'lim, öquv yurti bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş darajasi, fond faoliyati va boşqa körsatkiçlar asosida baholaydi.
Yangi “Joongang Daily” reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 182 ball bilan 8-örinni egalladi. Ötgan yili universitet 177 ball bilan 10-poğonada edi.
Ta'kidlaş lozimki, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 2014 yildan beri uşbu reytingdagi natijasini yangilab kelmoqda. 2014 yilda “Joongang Daily” reytingida Koreya Respublikasidagi Inha universiteti 14-örinda bölsa, 2015 yilda ta'lim muassassasi 13-öringa kötarilgan. Ötgan yili esa universitet 10-poğonani egalladi.
Inha universiteti körsatkiçlarning aksariyatida birinçi 10 talikka kiritilgan yoki unga yaqin örinlarda joylaşgan. Misol uçun, oliy öquv yurti “Talabalarning özlaştirişi” körsatkiçi böyiça 3-örinni egallagan. “Xodimlarni işga oliş uçun tavsiya qilinadigan universitet” va “Maktabni bitirgaç, öqiş uçun eng yaxşi universitet” böyiça esa 6-örinni egallagan.
Ta'kidlaş joizki, Koreya Respublikasidagi Inha universiteti Özbekistonda ham özining yuqori sifatli dasturlarini taklif etmoqda. 2014 yilda Toşkent şahrida Inha universiteti oçildi. Bugungi kunda Toşkent şahridagi Inha universiteti (IUT) yoşlarga «Kompyuter va dasturiy injiniring» va «Logistika» yönalişlari böyiça öquv dasturlarini taklif etib kelmoqda.
IUT rektori Sarvar Boboxöjayev şunday dedi: “Toşkent şahridagi Inha universiteti jamoasi nomidan Koreya Respublikasidagi Inha universitetini uşbu natijasi bilan qutlayman. Mazkur reyting Koreya Respublikasidagi Inha universiteti yuqori sifatli ta'lim va tadqiqotlar dasturlarini taklif etişining isbotidir”.
“IUT öquv dasturi Koreya Respublikasidagi Inha universitetining ta'lim dasturlariga töliq asoslangan. Koreya Respublikasidagi Inha universiteti vakillari ta'lim sifatini ta'minlaş uçun IUT'dagi akademik jarayonlarni nazorat qilişadi”, - dedi u.
“IUT'da yuqori malakali xorijiy va mahalliy professorlar işlaşadi va ular yoşlar bilan öz bilimlari va tajribalarini örtoqlaşişadi”, - qöşimça qildi IUT rektori.












