Qrim hukumati boş vaziri örinbosari Dmitriy Polonskiy Qrimga amerikalik harbiy inspektorlar taşrifi böyiça ğoyani «ukrainalik harbiy amaldorlarning kasal fantaziyasi» deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Öylaşimça, bu ukrainalik harbiy amaldorlarning navbatdagi kasal fantaziyasi, ular şunçalik katta va mustaqilki, mamlakatda ham, undan taşqarida ham ularga, umuman olganda, heç narsa boğliq emas. Şuning uçun, ular özgalarning hududlariga şunday xöjayinlik qilayotgani nafaqat tuşunmovçilik, balki kulgini ham keltirib çiqaradi», - dedi u.
Uning ta'kidlaşiça, faqatgina Rossiya armiyasi respublika hududida bölişi mumkin.












