Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi musodara etilgan yana qator moddiy boyliklarni onlayn auksionga qöydi.

Xususan, MIB «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Toşkent viloyati, Angren şahar, Gulboğ qörğonidagi inşoot auksionga qöyildi. U 8 496 559 900 sömga baholandi.

Şuningdek, Toşkent şahri, Uçtepa tumani, Uyğur tor Oyimça köçasidagi 8-uy 960 000 000 sömga baholandi.

Toşkent şahar, Çilonzor tumanida “Lasetti” avtomobili 51 000 000 sömga evaziga auksionga qöyilgan bölsa, Samarqand viloyati, Narpay tumani IIB YHXB jarima maydonçasidagi “Captiva” 66 000 000 sömga baholandi.