Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznesmen Telman Ismoilov o‘zining bankrotlikka uchrashi yuzasidan arz qildi
AST guruhi asoschisi, Cherkizov bozorining sobiq xo‘jayini, tadbirkor Telman Ismoilov quyi instansiyadagi sud qarori yuzasidan kassatsiya arizasini topshirgan. Quyi sud mahkamasi uning qarzlarini restrukturizatsiya qilish, ya'ni bankrotlikning boshlang‘ich jarayonini boshlash bo‘yicha xulosa chiqargan. Ismoilovning arizasi to‘g‘risida Moskva viloyat hakamlik sudi majlisida uning moliyaviy boshqaruvchisining vakili ma'lum qilgan.
"Ehtimol, ko‘pchilik Ismoilovning bankrotlik jarayoni boshlanishiga qarshi kassatsiya topshirganini bilmas", — degan boshqaruvchi vakili.
Moskva viloyati hakamlik sudi VTB guruhi tarkibiga kiruvchi BM-Bankning (Moskva Bankining eski nomi) Ismoilov bankrotligini boshlash bo‘yicha murojaatini ma'qullagan hamda tadbirkorga nisbatan, uning qarzlarini restrukturizatsiya qilish jarayonini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
Shu munosabat bilan, Ismoilovning bank oldidagi 17,4 milliard rublga yaqin moliyaviy majburiyatini bankrotlik jarayoni ro‘yxatiga kiritgan va Aleksey Grudtsinni qarzdorning moliyaviy boshqaruvchisi sifatida tayinlagan edi.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026