Falastinning marhum yetakçisi Yosir Arofatning vafoti kunidan 13 yil ötgan bölsa ham, uning qaraşlari hanuzgaça Falastin jamiyati va siyosatiga ta'siri kuçli bölib qolmoqda.

Falastinning sobiq rahbari va Falastinni ozod qiliş taşkilotining yetakçisi bölgan Arofat 2004 yil 11 noyabrda 75 yoşida Parijdagi “Persi” şifoxonasida vafot etgan.

Joriy hafta davomida falastinliklar Arofatning xotirasini yod etib, turli tadbirlar ötkazdilar. Odamlar uning Ramallohdagi qabrini ziyorat qilişgan. 

2002 yildan Isroil xavfsizlik xizmatlari Arofatni Ramallohdagi qarorgohida uy qamoğida uşlab turişgan. Uşbu bino ikki yil davomida Isroil armiyasi tomondan qurşovda uşlab turilgan. 

2004 yilda Arofat kasal bölib qolgan va unga “gripp” taşxisi qöyilgan. Isroil ruxsati bilan u Parijga davolaşga jönatilgan va u yerda vafot etgan.

Arofat özini Al-Qudsda dafn etişlarini vasiyat qilgan, biroq bu şahar Isroil tomondan okkupatsiyada bölgani sabab uning bu vasiyatini bajarişning iloji bölmagan. Arofat Ramallohda dafn etilgan, uning ölimi esa hali ham bahs-munozaralarga sabab bölib keladi.

Arofat zaharlangani haqidagi axborotni tergov qilgan şveysariyalik mutaxassislar ekspertizadan keyin 83 foizlik ehtimol bilan Arofat haqiqatan ham zaharlangan bölişi mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgan.

Ötgan yili Falastinning amaldagi rahbari Mahmud Abbos Arofatning vafoti sabablari hali ham tergov qilinayotganini ma'lum qilgan. “Yaqin orada biz barça qotillarning nomini oşkor qilamiz va barça bundan karaxtga tuşadi”, deb aytgan Abbos.

Arofat hayotining oxirgi kunlarigaça falastinliklarning kuçli rahbari bölib qolgan. 

2016 yilda Ramallohda Arofatga bağişlab muzey oçilgan.