1995-yil noyabrda Tel-Avivda Falastin bilan tinçlik jarayonini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkillaştirilgan mitingda qatnaşayotgan Isroil boş vaziri Işoq Rabin otib öldiriladi. Öşanda Isroil Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olişga juda yaqin kelgan va bunda Işoq Rabinning xizmatlari katta edi. Afsuski, siyosatçining bu saʼy-harakatlari radikal qaraşlarga ega bölgan yahudiylarga yoqmaydi va oxir-oqibat boş vazir öldiriladi.

Image

Isroilning Falastin xalqiga qarşi boşlagan tajovuzlari 1948-yildan buyon davom etib kelmoqda. Öşandan buyon yahudiy davlati BMT rezolyutsiyasi bilan taşkil etilgan arab davlatini tan olmaydi, Falastin yerlarini muttasil tarzda egallab keladi. Ötgan yillar mobaynida Isroil harbiylari tomonidan yuz minglab falastinlik tinç aholi vakillari uyidan quvildi, öldirildi.

Image

Ammo tarixda şunday kunlar bölganki, Isroil Falastin davlatini tan olişga juda yaqin kelgan. 1990-yillar boşida Isroilni boşqargan Işoq Rabin Falastin rahbari Yosir Arofat bilan muzokaralar ötkazib, tinçlik bitimlari imzolanadi. Biroq bu iş Isroildagi ayrim siyosatçilar va Falastinning tan olinişiga qarşi bölgan radikallarga yoqmaydi. Ular Işoq Rabinni yöq qiliş payiga tuşadi.

Harbiydan çiqqan rahbar

Işoq Rabin 1922-yilda tuğilgan. Aynan öşa yili Usmoniylarga tegişli Falastin yerlari Britaniya mandati ostiga ötgandi. Maktabni bitirgaç qişloq xöjaligi sohasida taʼlim oladi va 1941-yilda yahudiylar tomonidan taşkil etilgan «Palmax» harbiy tuzilmasi safiga qöşiladi. 1948-yilda BMT Falastin yerlarida Isroil va Falastin davlatlarini taşkil etiş böyiça rezolyutsiya qabul qiladi va köp ötmay arab – Isroil uruşi boşlanadi. Işoq Rabin ana şu uruşda qatnaşadi.

U uruşdan keyin ham harbiy xizmatni davom ettirib, katta lavozimlarni egallaydi. 1964-yil ştab boşliği böladi. U 1967-yil Olti kunlik uruşda muhim vazifalarni bajaradi.

Harbiylikdan katta siyosatga

1968-yilda general unvoniga ega bölgan Işoq Rabin harbiy xizmatdan ketib, siyosiy faoliyatini boşlaydi va beş yil davomida Isroilning AQŞdagi elçisi böladi. 1974-yil Rabin Isroil boş vaziri bölib, yahudiy davlatini 1977-yilgaça boşqaradi. Keyinçalik turli vazirliklarni boşqaradi. Jumladan, 1984-1990 yillar oraliğida Isroil mudofaa vaziri lavozimida işlaydi. 1992-yilda ötkazilgan saylovda ğalaba qozongan Işoq Rabin yana Isroil boş vaziri böladi.