Xitoy şu hafta içida yirik şaharlaridan birida xodimlarsiz politsiya uçastkasi oçilişi haqida e'lon qildi. Mamlakatning Caijing Neican naşriga köra, uçastkada haydovçilik guvohnomasini qölga kiritiş uçun imtihondan ötiş, pasport oliş ariza beriş va boşqa davlat xizmatlaridan foydalaniş mumkin, deb yozadi The Next Web.

Robotlaştirilgan politsiya uçastkasi jinoyatçilarni uşlaş va tartib-intizomni nazorat qiliş emas, bizda YHXB va XÇKFRB kabi idoralar zimmasiga yuklangan vazifalar bilan şuğullanadi. Xususan, bu yerda Face ID böyiça qayddan ötib, kompyuter trenajyorida haydovçilik guvohnomasi uçun imtihon topşiriş mumkin.

Fuqarolarni autentifikatsiya qiliş uçun bugungi kunda Xitoyda kompyuter öyinlaridan tortib ijtimoiy kreditlarni berişgaça şuğullanayotgan Tencent IT-giganti tomonidan işlab çiqilgan, yuzni skanerlaşning takomillaştirilgan texnologiyasidan foydalaniladi.

Xizmatdan foydalaniş istagida bölganlar avvalgidek navbat kutib, qoğozlarni qölda töldirişmaydi yoki elektron qaydnomalarni uyida töldirib kelişmaydi. Tencent algoritmi inson haqida barça ma'lumotlarni oliş uçun uning yuzini skanerlasa kifoya böladi.

Miş-mişlarga köra, Xitoyda davlat xizmatlarini töliq avtomatlaştiriş ustida iş olib borilmoqda. Rejalaştirilişiça, davlat xizmatlarini taqdim etiş stansiyalari tunu kun işlaydi.

Sun'iy idrok qöllaniladigan sohalarning köpayişi iş örinlarining qisqarişiga olib keladi. Lekin tan oliş kerakki, ayniqsa davlat xizmatlari sohasida insonlar — eng mos nomzodlar emas, deb yozadi naşr.